Mazkur xalqaro forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida institutimizda Tasviriy san'at fakulteti, "Dastgoh va Kitob grafikasi" yo'nalishida tahsil olayotgan 2- bosqich talabasi Shamsiqamar Suyunova yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, forumning ijodiy va madaniy tadbirlarida faol qatnashdi.

       Forum doirasida Omsk davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan «Ranglar muloqoti» (Диалог в красках) yo‘nalishida xalqaro jamoa bilan hamkorlikda rus xalq og‘zaki ijodi va an’analarining ramzlaridan biri bo‘lgan ot tasviri aks ettirilgan yirik badiiy asar yaratildi. Ushbu loyiha yosh ijodkorlarning xalqaro hamkorligini mustahkamlash, tajriba almashish hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishga xizmat qildi.

Shuningdek, forum yakunida yaratilgan mazkur badiiy asar Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram dasturi doirasidagi ko‘rgazmada namoyish etildi. O‘zbekiston delegatsiyasi bayram tadbirlarida faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, xalqaro madaniy almashinuv jarayonlarining faol qatnashchisiga aylandi.

 Institutimiz talabasi Shamsiqamar Suyunovaning mazkur nufuzli xalqaro forumdagi ishtiroki yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatimiz nufuzini yuksaltirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

5346269196238657844_121.jpg

5346269196238657845_121.jpg

5346269196238657846_121.jpg