Erta tongdan ishtirokchilar tarixiy va madaniy merosga boy Samarqand shahriga yo‘l oldilar. Sayohat davomida ular mashhur Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Islom Karimov maqbarasi hamda Siyob bozorida bo‘lib, ushbu maskanlarning betakror me’moriy yechimlari va boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar.
Ayniqsa, Registon ansambli va Bibixonim majmuasi haqida berilgan qiziqarli va batafsil ma’lumotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Islom Karimov maqbarasiga tashrif ularda alohida hurmat va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Talabalar tarixiy obidalarni katta qiziqish bilan tomosha qilib, ularning ulug‘vorligi va go‘zalligidan hayratda qoldilar.
Ushbu madaniy sayohat ishtirokchilarning dunyoqarashini kengaytirish, O'zbekistonning boy tarixi va jahon madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.