Uchrashuvda Qingdao (Sinsdao) maktabgacha ta’lim oliy pedagogika kolleji rektori Fu Junhong hamda institutimiz rektori Omonulla Salixov rahbarligidagi ikki tomon rasmiy delegatsiyalari qatnashdi.

Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, qo‘shma ta’limiy va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan strategik tashabbuslar yuzasidan o‘zining batafsil fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Memorandum doirasida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida doimiy aloqa va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi kurslar, metodikalar va zamonaviy o‘qitish usullarini joriy qilish hamda  zargarlik yo‘nalishini rivojlantirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni izchil rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur memorandum institutimizda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida ilmiy va ijodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

5404818310676813436_121.jpg

5404818310676813435_121.jpg

5404818310676813437_121.jpg

5404818310676813440_121.jpg

5404818310676813439_121.jpg

5404818310676813441_121.jpg

5404818310676813442_121.jpg