Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani "Kelajak" markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Yurtimizda yoshlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda madaniy-ma'rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlida muhim qadam tashlandi.
Ushbu hamkorlik shartnomasi kelgusida yosh avlodning san'at va dizayn olamida oʻz oʻrnini topishi, ularning iste'dodini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi!