Tadbirda institutning mas'ul xodimlari va talabalari qatnashib, yoshlar o'rtasida madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda tasviriy va amaliy san'at orqali do'stlik g'oyalarini targ'ib etishga qaratilgan ijodiy ishlanmalarini namoyish etdilar. Shuningdek, institut talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko'rgazmasi yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari Milliy madaniy markazlar pavilionida o'tkazilgan "Do'stlik festivali" tadbirida faol ishtirok etdi.
28.07.2026, 19:35 | 226 ko'rildi