Joriy yilning 4–5-avgust kunlari Buxoro davlat texnika universitetida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm va innovatsiya: oliy ta’lim muassasalarining roli va vazifalari” mavzusidagi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova ishtirok etdi.
O‘quv-seminar davomida ilmiy faoliyatni zamonaviy boshqarish, innovatsion loyihalarni amaliyotga joriy etish, sun’iy intellektdan ilmiy tadqiqotlarda samarali foydalanish, akademik halollikni ta’minlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.