Mustaqillik — xalqimizning asriy orzulari, milliy g‘ururi va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchining timsolidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti xodimlari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o'yinda ishtirokchilar tarix, sanʼat, madaniyat, shuningdek, O’zbekiston tarixi, mustaqillik yillari va boshqa mavzularga oid qiziqarli va mantiqiy savollar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
O'yinda institutning jami 9 ta jamoasi o'zaro kuch sinashib, o'zlarining bilimdonligi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini namoyon etdi.
Intellektual o'yin yakunida faol ishtirok etib, yuqori natija ko'rsatgan barcha g'olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan maxsus kubok va diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
Bu kabi loyihalar jamoa aʼzolari oʻrtasidagi doʻstona muhitni mustahkamlash bilan birga, xodimlarning dunyoqarashini kengaytirishga ham xizmat qiladi.