Ayni kunlarida institut jamoasi tomonidan uzoq yillar mobaynida institutimizda fidokorona mehnat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy o‘qituvchilar, yoshi ulug‘ ustozlar va xodimlar holidan xabar olindi.
Ustozlarimiz xonadoniga tashrif buyurgan xodimlar ular bilan iliq suhbat qurishdi hamda ularga institut rahbariyati tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda ustozlarga hurmat, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga, shuningdek, talabalar qalbida qadriyatli odob va e’tibor ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.