Bugun institutimizda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi Nasrullayev To‘lqinjon Ismatulla o‘g‘li ishtirokida seminar tashkil etilib, unda oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy neyrotarmoqlar bilan ishlash hamda o‘quv jarayonini sun’iy intellekt yordamida optimallashtirish masalalari tahlil qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilarga sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni, ijodiy sohalar — dizayn va tasviriy san’at yo‘nalishlarida Midjourney, DALL-E kabi platformalardan foydalanish hamda ilmiy va pedagogik faoliyatda vaqtni tejovchi aqlli algoritmlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Mazkur mashg‘ulot professor-o‘qituvchilar uchun nafaqat nazariy bilimlarni oshirish, balki dars jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish hamda talabalarga eng so‘nggi innovatsion metodlar asosida bilim berishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bu kabi seminar-treninglar institut pedagog-xodimlarining raqamli savodxonligini oshirishda, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda va zamonaviy ta’lim muhitini yaratishda muhim o‘rin tutadi.

5397722724056110990_121.jpg

5397722724056110991_121.jpg

5397722724056110994_121.jpg

5397722724056110995_121.jpg

5397722724056110998_121.jpg

5397722724056110997_121.jpg