Bugun Dizayn fakultetining "Professional ta’lim: Dizayn (Interyerni loyihalash)" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari tashkil etilib, mazkur yo'nalishdagi himoya jarayoni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Dizayn” kafedrasi dotsenti, Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori Bo‘ronov Nizomiddin Sobirovich raisligida , soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Shuningdek, himoya jarayonida institutimiz Yoshlar masalalari va manaviy marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Yunusov Ravshan Alimjanovich va ota-onalar ishtirok etib, bitiruvchilarning o'qish davrida egallagan bilimlari hamda ijodiy salohiyatini baholash jarayoniga guvoh bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, institutning barcha ta'lim shakli va yo'nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarning himoya jarayonlari 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.