Bugun Tasviriy san'at fakultetining "Rangtasvir(Mahobatli)", "Haykaltaroshlik: Mayda plastika", "Haykaltaroshlik: Mahobatli" ta’lim yo‘nalishlari talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari tashkil etilib, mazkur yo'nalishdagi himoya jarayoni O'zbekiston Xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Mamajanov Anvar Alimjanovich raisligida, soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Shuningdek, himoya jarayonida institutimiz O'quv ishlari bo'yicha prorektori Jamshid Rashidov, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari va ota-onalar ishtirok etib, bitiruvchilarning o'qish davrida egallagan bilimlari hamda ijodiy salohiyatini baholash jarayoniga guvoh bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, institutning barcha ta'lim shakli va yo'nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarning himoya jarayonlari 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.