Bugun Tasviriy san'at fakultetining Magistratura bosqichi barcha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olgan 2-bosqich talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari tashkil etilib, mazkur yo'nalishdagi himoya jarayoni O'zbekiston Xalq rassomi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Mamajanov Anvar Alimjanovich raisligida, soha mutaxassislaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Madjidov Murodjon Abdullayevich, institutimiz rahbariyati, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari va ota-onalar ishtirok etib, bitiruvchilarning o'qish davrida egallagan bilimlari hamda ijodiy salohiyatini baholash jarayoniga guvoh bo'lishdi.
Shuningdek, jarayon davomida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Madjidov Murodjon Abdullayevich so'zga chiqib, bitiruvchilarning ijodiy salohiyatini yuqori baholadi hamda ularni Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, institutning barcha ta'lim shakli va yo'nalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarning himoya jarayonlari 30-iyun sanasiga qadar davom etadi.