Majlis avvalida institut rektori Omonulla Salixov Aprel oyida institutda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kengash a’zolariga hisobot berdi.

Shundan so‘ng Aprel oyi Institut Kengash majlisi kun tartibi doirasida:

  • 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” hamda Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar rejasi;

  • Kafedralarda professor-o‘qituvchilarning ochiq darslari va malaka oshirish rejalarining bajarilishi;

  • Davlat attestatsiya komissiyalari (DAK) tarkiblarini tasdiqlash;

  • Talabalar amaliyotini tashkil etish masalalari;

  • Institut bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha monitoring natijalari;

  • Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan joriy o‘quv yilida turli ko‘rgazma, tanlov va mahorat darslarida ishtirok etish natijalari;

  • Talabalarning “Talabalik bahori” san’at festivali yakunlari;

  • Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlarni nashrga tavsiya etish;

  • Magistratura bosqichi talabalarining ilmiy rahbarlarini o‘zgartirish hamda shu kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

5460707929825678226_121.jpg

5460707929825678227_121.jpg

5460707929825678228_121.jpg

5460707929825678229_121.jpg

5460707929825678230_121.jpg

5460707929825678231_121.jpg

5460707929825678232_121.jpg

5460707929825678233_121.jpg

5460707929825678234_121.jpg