Majlis avvalida institut rektori Omonulla Salixov 2026-yil May oyida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha Kengash a'zolariga hisobot berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi tegishli Farmoniga muvofiq, "O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan institutimizning “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsenti, rassom Maxmudov Mavzur Mansurovich, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan institutimizning “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi professori, rassom Umarbekov Djavlyat Yusupovich va "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan institutimizning San'atshunoslik va Amaliy san‘at fakulteti, Magistratura bosqichi 1-kurs talabasi, kulol Rahimov Shohrux Alisher o‘g‘li Kengash jamoasi oldida e'tirof etilib, samimiy tabriklandi.
Shundan so‘ng Kengash majlisi kun tartibi doirasida:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 8-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha joriy o‘quv yilida bajarilgan ishlar;
- Institut doktoranturasida tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchilarni davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish uchun qabul kvotasi bo‘yicha institutning asoslangan takliflarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish;
- 2026-yil 2-chorak uchun qabul qilingan mustaqil izlanuvchilarning (PhD) dissertatsiya mavzularini, ilmiy rahbar va nazariy-metodologik dasturlarini tasdiqlash hamda Institutning 2-bosqich tayanch doktorantlarining dissertatsiya mavzularini o‘zgartirish;
- 2025/2026 o‘quv yilida barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalarining nomzodlarini imtiyozli diplomlarga tavsiya etish;
- 2026/2027 o‘quv yiliga abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish uchun Qabul komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
- Institut professor-o‘qituvchilarining nomzodlarini dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish hamda shu kabi turli muhim masalalar ko‘rib chiqildi.