Imtihon jarayonlariga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov tashrif buyurib, institutimiz rahbariyati bilan birgalikda abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirish jarayoni, shuningdek, imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 Shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida joriy etilgan kuzatuv tizimi, institut hududida o‘rnatilgan onlayn translyatsiya ekranlari hamda institutning rasmiy veb-sayti orqali yo‘lga qo‘yilgan jonli efir jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

 Ma'lumot uchun institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni amaldagi meʼyoriy talablar asosida, xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qatʼiy rioya etilgan holda tashkil etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgan.

5361924304787938086_121.jpg

5361924304787938087_121.jpg

5361924304787938088_121.jpg

5361924304787938089_121.jpg

5361924304787938090_121.jpg

5361924304787938094_121.jpg