Birinchi kungi imtihonlarni kuzatish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova institutimizga tashrif buyurib, tashrif davomida institutimiz rektori Omonulla Salixov hamrohligida abituriyentlarning chizmatasvir fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirish jarayonini kuzatishdi.
Shuningdek, rahbariyat tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Ma'lumot uchun, institut hududida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus translyatsiya ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali imtihon jarayonlari onlayn namoyish etilmoqda.
Bundan tashqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida jarayonlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!