Bugun yurtimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida bo'lgani kabi institutimizda ham yangi o'quv yili va ijodiy mavsum o'z ishini boshladi. Talabalik baxtiga muyassar bo'lgan yoshlar oliygoh ostonasiga ilk bor talaba sifatida qadam qo'yib, institut jamoasi va professor-o'qituvchilar tomonidan iliq va samimiy kutib olindi.
✅ An'anaga ko'ra 1-bosqich talabalariga institutda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, o'quv laboratoriyalari, ustaxonalar hamda axborot-resurs markazi imkoniyatlari tanishtirildi. Shuningdek yosh dizaynerlar foto studiyalar va dizayn ustaxonalari bilan yaqindan tanishdilar hamda kelgusi yillarda o'z g'oyalarini amalga oshiradigan ijodiy muhit haqida savollariga javob olishdi.
✅ Shuningdek, barcha 1-bosqich talabalari o'z yo'nalishlari bo'yicha tegishli fakultetlarga biriktirilib, "Mustaqillik darslari"da faol ishtirok etishdi.