Institut rektori boshchiligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda qabul komissiyasi a’zolari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida joriy yilgi qabul jarayonlarini qonunchilik talablari asosida, adolat, shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga muvofiq tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan:

Badiiy ta’lim yo‘nalishlari uchun iste’dodli va salohiyatli yoshlarni saralab olish maqsadida barcha zarur sharoitlarni yaratish;

Abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga tezkor va sifatli axborot berish maqsadida "Call-center" va Maslahat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish;

Korrupsiyaning oldini olish, qabul jarayonlarini xolis va shaffof tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;

Qabul jarayonlarida tanish-bilishchilik, manfaatdorlik va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

Kirish imtihonlari jarayoni hamda natijalarini institutning rasmiy veb-sayti orqali o‘z vaqtida e’lon qilib borish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida qabul komissiyasi a’zolarining taklif va mulohazalari tinglanib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

photo_2026-06-06_12-28-30 (2).jpg

photo_2026-06-06_12-28-31.jpg

photo_2026-06-06_12-28-31 (2).jpg

photo_2026-06-06_12-28-31 (3).jpg

photo_2026-06-06_12-28-31 (4).jpg

photo_2026-06-06_12-28-31 (5).jpg

photo_2026-06-06_12-28-31 (6).jpg