Bugun institutimizda  buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur: kuch, adolat va tafakkur timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotiraga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir davomida Sohibqironning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi dono siyosati, ilm-fan va madaniyatga bergan ulkan e’tibori haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda  O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, Amir Temur haykali muallifi, taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov hamda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Tarix fanlari doktori Dilafruz Qurbonovalar ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Mehmonlar tomonidan Amir Temur siymosining san’atdagi ifodasi, uning obrazini yaratishda tarixiy haqiqat va badiiy yondashuv uyg‘unligi, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda san’atning o‘rni haqida muhim fikrlar bildirildi.

5382162246521264990_121.jpg

5382162246521264991_121.jpg

 

 

 

5382162246521264992_121.jpg

5384229800827884155_121.jpg

5382162246521264994_121.jpg

5382162246521264995_121.jpg