Bugun institutimizda San’atshunoslik va amaliy san’at fakultetidagi sirtqi ta’lim shaklining 5-kurs– Menejment: art menejment va galereya ishi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoyada bitiruvchilar 5 yil davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, art menejment, galereya faoliyati hamda madaniyat va san’at sohasidagi boshqaruv masalalariga oid ilmiy-amaliy qarashlarini taqdim etdilar. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari, tadqiqot natijalari, amaliy ahamiyati va talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasi atroflicha baholandi.

Jarayonda institutimiz rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etib, bitiruvchilarning ilmiy izlanishlari hamda erishgan natijalari bilan yaqindan tanishdilar. Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi talabalarning mustaqil tadqiqot olib borish, kasbiy kompetensiyalarini namoyon etish va kelgusidagi faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.

Barcha bitiruvchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat, ilmiy va ijodiy izlanishlarida bardavomlik hamda ulkan zafarlar tilaymiz!

photo_2026-06-10_22-05-23 (2).jpg

photo_2026-06-10_22-05-23 (3).jpg

photo_2026-06-10_22-05-24.jpg