Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, doktorlik dissertatsiyalarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida bugun institutimizda doktorant (DSc), tayanch doktorant (PhD) hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini monitoring qilish jarayoni tashkil etildi.

 Monitoring O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi direktori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, San’atshunoslik fanlari doktori, professor Akilova Kamola Boltabayevna raisligida, institut rahbariyati hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayoniga mas’ul professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh ishtirokida o‘tkazildi.

Jarayon davomida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, dissertatsiya ishlari bo‘yicha erishilgan natijalar, belgilangan rejalarning bajarilish holati, ilmiy maqolalar va nashrlar sifati hamda ilmiy ishlanmalarning amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, doktorlik dissertatsiyalarini belgilangan muddatlarda himoyaga tayyorlash, ilmiy natijadorlikni yanada oshirish hamda ilmiy izlanishlar sifatini takomillashtirish yuzasidan ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
 

5307748987475532298_121.jpg

5307748987475532295_121.jpg

5307748987475532303_121.jpg

5307748987475532300_121.jpg