2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, bugun erta tongdan institut rahbariyati hamda 300 nafardan ortiq professor-o'qituvchi va xodimlar ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi markaziy Ecopark hududida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportga qaratilgan badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Sport tadbiri davomida ishtirokchilar jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jamoaviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan turli mashqlarni bajardilar. Mashg‘ulotlar ko‘tarinki ruhda, yuqori tashkilotchilik asosida o‘tkazildi.