Ayni damda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi hamda yil sarhisobi munosabati bilan tashkil etilgan "Iste'dodlar maskani – 2026" bayram tadbiriga start berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va institutimiz rahbariyati, Badiiy akademiya tizim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, faxriy mehmonlar, ota-onalar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etmoqda.
Tantanali tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov ochib berib, barchani bugungi tadbir bilan samimiy tabrikladi hamda o'quv yili davomida erishilgan natijalar, yutuqlar haqida nutq so'zladi. Shuningdek tadbirda O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O'zbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov so'zga chiqib, institut jamoasi va talabalarga o'zlarining samimiy tabriklarini yo'lladi.
Ko'tarinki ruhda start olgan mazkur tadbir davomida institutda o‘tgan o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, faol professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va hamkor tashkilotlarni taqdirlash, bitiruvchilarga diplom topshirish hamda konsert dasturi tashkil etilishi rejalashtirilgan.