Bugun institut rahbariyati ishtirokida kafedralarning 2025/2026-o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ravshan Yunusov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jamshid Rashidov, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dildora Yulchiyeva ishtirok etdi.

Taqdimot davomida "Ijtimoiy fanlar va informatika" kafedrasi mudiri Sayyora Zakirova, "Muzeyshunoslik" kafedrasi mudiri Latofat Jabbarova hamda "O‘zbek va xorijiy tillar" kafedrasi mudiri Gulnora Azizova tomonidan kafedralarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy faoliyati yuzasidan hisobotlar berildi.

Hisobotlar doirasida kafedralar faoliyatida erishilgan natijalar hamda dolzarb masalalar muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.

photo_2026-06-08_13-04-02.jpg

photo_2026-06-08_13-04-05.jpg

photo_2026-06-08_13-04-08.jpg