Bugun institut rahbariyati ishtirokida kafedralarning 2025/2026-o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jamshid Rashidov, Institutda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi Xasan Djurayev hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dildora Yulchiyeva ishtirok etdi.
Taqdimot davomida "Amaliy bezak san’ati" kafedrasi mudiri Zuxra Dosmetova, "Libos dizayni" kafedrasi mudiri Zilola Xaitova hamda "Badiiy kulol va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash" kafedrasi mudiri Atabek Matyazov tomonidan kafedralarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy faoliyati yuzasidan hisobotlar berildi.
Hisobotlar doirasida kafedralar faoliyatida erishilgan natijalar hamda dolzarb masalalar muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.