Institutimiz Anjumanlar zalida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy antropologiya markazi ilmiy tadqiqot instituti direktori Farhod Maqsudov, “Akademnashr” nashriyoti kreativ direktori Baxriddin Bozorov, “Ali Uniforma Tekstil” MCHJ  vakillari, institutimiz rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov ochib berdi.  Shundan so'ng O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova hamda hamkor tashkilotlar vakillari so‘zga chiqib, bugungi kunda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish masalalari muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar va bitiruvchilar uchun seminarlar, workshoplar hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvlar yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini oshirish hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini mustahkamlashga xizmat qildi.

photo_2026-05-13_15-27-13 (4).jpg

photo_2026-05-13_15-27-13 (3).jpg

photo_2026-05-13_15-27-14.jpg

photo_2026-05-13_15-27-14 (3).jpg

photo_2026-05-13_15-27-14 (4).jpg

photo_2026-05-13_15-27-15.jpg