Institut Anjumanlar zalida o'tkazilgan tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Antropologiya” ilmiy-tadqiqot instituti, “Akademnashr” nashriyoti hamda “Ali Uniforma Tekstil” MCHJ faoliyati yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, institutimiz hamda mazkur tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Memorandumlar doirasida talabalar amaliyoti, stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy va ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tadbir davomida hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan bugungi mehnat bozoridagi talablar, zamonaviy kasblar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur hamkorliklar institut bitiruvchilarining bandligini ta’minlash hamda ularning kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli kirib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.

photo_2026-05-13_15-29-57 (2).jpg

photo_2026-05-13_15-29-58.jpg

photo_2026-05-13_15-29-58 (2).jpg

photo_2026-05-13_15-29-58 (3).jpg

s.jpg

photo_2026-05-13_15-29-59.jpg