Tadbir doirasida institutning iqtidorli talabalari tomonidan startap va ijodiy loyihalar taqdimotlari tashkil etildi. Taqdim davomida institutimiz rahbariyati tadbirga tashrif buyurgan tadbirkorlar Art restoranlar "Caravan group" holding asoschisi va rahbari Musin Timur Damirovich, Avtoprakat biznesi bilan shug‘ullanuvchi "Car 24" brendining asoschisi va rahbari Tadjiyev Shukrullo Sayfullayevich, Eksklyuziv libos dizayni va tikuv fabrikasi "Riveria" brendi asoschisi va rahbari Shukurov Alisher Shuxratovich, shuningdek, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi direktori Xakimov Umedjan Baxadirovich va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda loyihalar bilan yaqindan tanishib, ularni amaliyotga joriy etish hamda kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, tashrif buyurgan mehmonlarga institut Ko‘rgazmalar zalida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi "Oltin medali" sohibi, institutimizning Tasviriy san'at fakulteti "Mahobatli rangtasvir" kafedrasi dotsenti Umar Rajabovning “Ijod yo'li” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Mazkur taqdimot va ko‘rgazmalar talabalarning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.