Kun davommida o'tkazilgan tadbir doirasida muzeylar, ixtisoslashtirilgan madaniyat va san’at maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari, shuningdek, dizayn, arxitektura, fotografiya va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin tashkilot va muassasalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalar amaliyoti va stajirovkasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator hamkorlik shartnomalari imzolandi. Shuningdek, institutimizning 100 nafardan ortiq talabalari bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilib, ularning kelgusidagi bandligini ta’minlash yuzasidan amaliy kelishuvlarga erishildi.
Shu bilan birga, ko‘plab talabalar tashrif buyurgan tashkilot va korxonalarda stajirovka o‘tash istagini bildirib, ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishdilar.
“Karyera kuni” yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta’lim va amaliyot integratsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.