Bugun institutimizda talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, bitiruvchi talabalar va yosh mutaxassislar uchun “Karyera kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida institut hududida talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalari tashkil etilib, tasviriy va amaliy san’at, dizayn, arxitektura va boshqa yo‘nalishlardagi ijodiy loyihalar namoyish etildi.
Shuningdek, institut hovlisida ochiq osmon ostida mahorat darslari va master-klasslar o‘tkazilib, tashrif buyurgan mehmonlar talabalarning ijodiy jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir jarayonlari institutning iqtidorli talabalari hamda yosh san’atkorlari tomonidan tayyorlangan musiqiy va ijodiy chiqishlar bilan yanada ko‘tarinki ruhda davom etdi.