Ayni damda "Dizayn: Interyer dizayn" ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar tanaffusdan so‘ng yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda kompozitsiya fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni boshladilar.
Imtihon jarayonlari amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida qabul komissiyasi tomonidan yuqori tashkiliy saviyada olib borilmoqda. Jarayonlarning ochiqligi, shaffofligi va xolisligini ta'minlash hamda abituriyentlar uchun qulay muhit yaratishga alohida e'tibor qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni institut hududida o‘rnatilgan maxsus translyatsiya ekranlari orqali, shuningdek institutning rasmiy veb-sayti orqali ham real vaqt rejimida jonli kuzatish imkoniyati mavjud.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!