Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kunida qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy jarayonlar belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, erta tongdan imtihonlarda ishtirok etuvchi abituriyentlarning hujjatlari sinchkovlik bilan tekshirilib, ular maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda tegishli imtihon auditoriyalariga kuzatildi. 

 Ayni damda abituriyentlar "Dizayn: Interyer dizayn" yo'nalishida chizmatasvir, "San'atshunoslik: Tasviriy va amaliy san'at" yo'nalishida yozma, "San'atshunoslik: San'at jurnalistikasi" yo'nalishida og'zaki shakldagi kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishmoqda. 

 Shuningdek, qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda.

 Ma'lumot uchun, institut hududida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus translyatsiya ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali imtihon jarayonlari onlayn namoyish etilmoqda.

 Bundan tashqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida jarayonlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan.

 Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

5373336775922751420_121.jpg

5373336775922751421_121.jpg

5373336775922751422_121.jpg

5373336775922751423_121.jpg

5373336775922751424_121.jpg

5373336775922751425_121.jpg

5373336775922751428_121.jpg