Bugun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 4-kunida qabul komissiyasi tomonidan barcha tashkiliy jarayonlar belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, erta tongdan imtihonlarda ishtirok etuvchi abituriyentlarning hujjatlari sinchkovlik bilan tekshirilib, ular maxsus nazorat punktidan o‘tkazilgan holda tegishli imtihon auditoriyalariga kuzatildi hamda abituriyentlar kunning birinchi yarmida chizmatasvir fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdi. 

 Shuningdek, qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda.

 Ma'lumot uchun, institut hududida ota-onalar va kuzatuvchilar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi maxsus translyatsiya ekranlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali imtihon jarayonlari onlayn namoyish etilmoqda.

 Bundan tashqari, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash maqsadida jarayonlarni institutning rasmiy veb-sayti orqali ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish imkoniyati yaratilgan.

 Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

5368305032756931571_121.jpg

5368305032756931572_121.jpg

5368305032756931573_121.jpg

5368305032756931578_121.jpg

5368305032756931576_121.jpg