Bugun institutimizda “Men donorman” shiori ostida xayriya qon topshirish aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya davomida institut talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, bemorlar hayotini saqlab qolish yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ko‘plab ko‘ngillilar ixtiyoriy ravishda qon topshirib, insonparvarlik va saxovat tuyg'ularini namoyon etdilar.
Mazkur aksiya jamiyatda donorlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida mehr-oqibat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Har bir topshirilgan qon inson hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.