Bugun institutimizda Mirobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda "Milliy qadriyatlar - ma'naviyat ko'zgusi" shiori ostida Milliy liboslar kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar orasida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy liboslarimizning boy tarixiy va madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirda institutimiz rahbariyati, Mirobod tumani hokimligi mutasaddi rahbarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar, ta'lim muassasalari talabalari va o'quvchi yoshlar hamda keng jmoatchilik vakillari ishtirok etib, milliy liboslarning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni, ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati hamda milliy an’analarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

Tadbir doirasida institut hovlisida talabalarimizning ijodiy ishlari, shuningdek, Ko'rgazmalar zalida Dizayn fakultetining "Libos dizayni" yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazmada o‘zbek milliy liboslariga xos rang-baranglik, nafis bezaklar, milliy naqshlar va zamonaviy dizayn yechimlari uyg‘unlashgan ijodiy ishlar tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg'otdi. 

Tadbir davomida milliy liboslarning xalqimiz tarixi, madaniyati va estetik qarashlarini aks ettiruvchi muhim qadriyat ekanligi ta’kidlanib, yosh avlod qalbida milliy an’analarimizga hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi fikr-mulohazalar bildirildi.

photo_2026-06-12_13-09-50.jpg

photo_2026-06-12_13-09-54.jpg

photo_2026-06-12_13-09-56.jpg

photo_2026-06-12_13-24-51.jpg

photo_2026-06-12_13-24-57.jpg

photo_2026-06-12_19-17-29.jpg

photo_2026-06-12_19-24-33.jpg