Mazkur loyiha 3-kurs tayanch doktoranti Shodiyeva Moxira Xusanovna tashabbusi va kuratorligida tashkil etilib, talabalarni sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda milliy interyer yechimlarini zamonaviy talqinlarda yaratishga rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirning ochilish marosimida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Qurbonova Dilafruz Abdurashidovna so‘zga chiqib, milliy merosni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda interyer dizayni sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishning dolzarb ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Ko‘rgazma davomida g'olib bo'lgan "Interyer dizayn" yonalishi barcha kurs talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilib, hakamlar hay’ati a’zolari, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Xitoy Xalq Respublikasi Jamusi universiteti Arxitektura kafedrasi dekani Chen Depeng tomonidan yosh dizaynerlarning ijodiy ishlari va izlanishlariga yuqori baho berdilar.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi hamda barcha ishtirokchilar ishtirokida esdalik uchun umumiy suratga tushildi.
Mazkur ko‘rgazma talabalarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda milliy interyer dizaynini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishga xizmat qildi.