"Xavfsiz va sog‘lom yurt" tadbiri doirasida institutimizda 2026–2027-o‘quv yili qabuli uchun o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar kunlarida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun tashkil etilgan kutish hududida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

 Mirobod tumani IIO FMB mas'ullari hamda Institutimiz profilaktika katta inspektori, katta leytenant Mambetov  Jasur Abdurazakovich tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur targ‘ibot tadbirlarida fuqarolarga internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, fishing havolalari, soxta qo‘ng‘iroqlar, ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan aldov usullari, bank plastik kartalari hamda shaxsiy ma'lumotlarni ishonchli himoya qilish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.

 Bundan tashqari kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari va undan himoyalanish choralarini yorituvchi ijtimoiy videoroliklar namoyish etilib, fuqarolarning raqamli xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, hushyorlikni oshirish hamda xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 Shu kabi tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tashrif buyurgan fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan Mirobod tumani IIO FMB xodimlari va rahbariyatiga institutimiz rahbariyati va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.  

5366170704593753915_121.jpg

5366170704593753918_121.jpg

5366170704593753920_121.jpg

5366170704593753923_121.jpg

5366304587314304734_121.jpg