Tadbirda yozuvchilar, shoirlar, soha vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, uni institut rektori Omonulla Salixov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi Otabek Musayev, O'zbekiston Respublikasi "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi Boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov,  O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi raisasi, shoirning turmush o'rtog'i Nazira As-Salom hamda boshqa soha vakillari so‘zga chiqib, shoir ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, undagi milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhining bugungi yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni xususida atroflicha fikr yuritdilar. Shuningdek, mazkur ko‘rgazma tasviriy san’at va adabiyot uyg‘unligini ifoda etuvchi o‘ziga xos ijodiy ko‘prik ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligiga bag‘ishlab institutimiz talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Shuningdek, taqdirlash marosimi doirasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev tomonidan ikki institutning bir qator xodim va talabalari “Muhammad Yusuf” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir yakunida institutimiz rektori Omonulla Salixov tomonidan mazkur ko'rgazma va adabiy-ma'rifiy kechani  tashkil etishdagi hamkorligi uchun bir qator tashkilot va hamkorlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda adabiyot va san’at uyg‘unligini mustahkamlashga xizmat qildi.

 

5465190986624473308_121.jpg

5465190986624473310_121.jpg

5465190986624473311_121.jpg

5465190986624473307_121.jpg

5465190986624473312_121.jpg

5465190986624473313_121.jpg

5465190986624473314_121.jpg

5465190986624473315_121.jpg

5465190986624473329_121.jpg

5465190986624473346_121.jpg

 

5465190986624473347_121.jpg

5465190986624473348_121.jpg