Konsert davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o'qituvchilari, institutda faoliyat olib borayotgan taniqli san'atkorlar va talaba-yoshlar tomonidan Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan she’rlar, badiiy va musiqiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Dasturda shoir asarlaridagi Vatanga muhabbat, insoniylik, samimiyat va milliy ruh badiiy ifodalar orqali keng yoritilib, tomoshabinlarga yuksak kayfiyat ulashdi.
Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar va ijodkorlar tomonidan adabiyot va san’atning o‘zaro uyg‘unligi, uning yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Mazkur adabiy-ma’rifiy kecha yoshlarning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda ijodiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi.