Majlisda institut faoliyatiga oid dolzarb masalalar, o‘quv jarayoniga tayyorgarlik hamda istiqboldagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ullarning axborotlari tinglandi. Jumladan:
💬 Institutning navbatdagi akkreditatsiya jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati;
✅ Talabalarga “Kredit ta’lim tizimiga kirish” haftaligini tashkil etish hamda HEMIS axborot tizimiga o‘quv kontentlarini to‘liq joylashtirish;
💬 Kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va olib borish yuzasidan institut professor-o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan maxsus seminarlar sarhisobi;
🎓 Birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” hamda “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish;
💬 Talabalarni institut Talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mavjud imkoniyatlar;
✅ 2025/2026 o‘quv yili bitiruvchilarining fakultetlar kesimidagi bandlik ko‘rsatkichlari va ularni ish bilan ta’minlash holati hamda shu kabi turli muhim masalalar ko‘rib chiqilib, mas'ullarga tegishli topshiriq va aniq vazifalar belgilab berildi.