Mashg'ulot davomida loyiha ishtirokchilari uchun "Kompozitsiya asoslari" mavzusi boʻyicha “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi professori, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi  xalq rassomi  Sabirjan Raxmetov tomonidan amaliy saboqlar berildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar kompozitsiya asoslari, shakl va makon uyg‘unligi, tasviriy ifoda vositalari hamda ijodiy yondashuv bo‘yicha bilimlarini boyitib, amaliy mashqlar orqali o‘z ko‘nikmalarini mustahkamlab, ustoz bilan fikr almashdilar.

Mazkur mashg‘ulotlar ishtirokchilarning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Darslar orqali yosh rassomlar o‘z ustida ishlash, yangi g‘oyalar yaratish hamda san’atga yangicha nigoh bilan qarash imkoniga ega bo‘ladilar.

photo_2026-04-21_20-55-43.jpg

photo_2026-04-21_20-55-46.jpg

photo_2026-04-21_20-55-48.jpg

photo_2026-04-21_20-55-50.jpg

photo_2026-04-21_20-55-53.jpg

photo_2026-04-21_20-55-57.jpg

photo_2026-04-21_20-56-00.jpg

photo_2026-04-21_20-56-06.jpg

photo_2026-04-21_20-56-09.jpg