Bugun ochilish marosimidan so‘ng loyiha ishtirokchilari uchun institut ko‘rgazmalar zali hamda talabalarning ijodiy jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida mehmonlar institutda yaratilgan ijodiy muhit, talabalar ishlari va ularning amaliy faoliyati bilan tanishib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun akvarel texnikasida natyurmort ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulotni “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti Vasiliy Xapov olib borib, u o‘zining kasbiy tajribasi va mahoratini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar akvarel bilan ishlash sir-asrorlarini o‘rganib, ijodiy jarayonda faol ishtirok etdilar. Mazkur jarayon barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli va samarali o‘tdi!

5420373002890712718_121.jpg

5420373002890712721_121.jpg

5420373002890712722_121.jpg

5420373002890712723_121.jpg

5420373002890712725_121.jpg

5420373002890712729_121.jpg

5420373002890712736_121.jpg

5420373002890712737_121.jpg

5420373002890712738_121.jpg