Bugun institutimizda tashkil etilgan “Spring School 2026" loyihasi doirasida tashkiliy guruh tomonidan Xitoy va Turkiya davlatlaridan tashrif buyurgan yosh iste’dod egalari tantanali ravishda kutib olindi.

Dastur doirasida mehmonlarni Madaniy ekskursiyalar, Mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar, San’at va amaliy san’at yo‘nalishida tajriba almashish imkoniyatlari kutmoqda.

Tashkiliy guruh tomonidan ishtirokchilarga dasturning mazmuni va kunlik rejasi aks etgan maxsus yo‘riqnomalar topshirildi. Bu esa haftalik mashg‘ulotlarning yanada samarali o‘tishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz: Ertaga institut rahbariyati ishtirokida loyihaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi! 

Institut rahbariyati bahorgi maktab loyihasining barcha ishtirokchilariga unutilmas lahzalar va ijodiy hafta tilaydi!

 

5416062934489699353_121.jpg

5416062934489699354_121.jpg

5416062934489699355_121.jpg

5416062934489699356_121.jpg

5415960349195835262_121.jpg

5415960349195835262_121.jpg