Bugun institutimiz rektori Omonulla Salixov volontyorlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazib, ularning loyiha davomida ko‘rsatgan fidoyiligi, tashabbuskorligi hamda mas’uliyatli yondashuvini alohida ta’kidladi. Suhbat jarayonida talabalar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Ta’kidlash joizki, volontyorlar loyiha davomida tashkiliy ishlar, mehmonlarni kutib olish, madaniy va amaliy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib, tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishiga munosib hissa qo‘shdilar.
Uchrashuv yakunida volontyor talabalar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda kelgusida yanada yuksak natijalarga erishishlariga zamin yaratadi.