Tadbir loyiha koordinatori Xitoylik Qiu Ciai moderatorligida o'tkazilib, tantanali marosimni institutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Dilafruz Qurbonova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda ushbu loyiha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yosh ijodkorlar o‘rtasida tajriba almashish uchun muhim platforma ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, O’quv ishlar bo’yicha prorektor Jamshid Rashidov ishtirokchilarga institut faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi dotsenti Vasiliy Xapov so‘zga chiqib, mamlakatimiz tasviriy va amaliy san’ati tarixi, uning boy an’analari va bugungi rivojlanish bosqichlari haqida qiziqarli ma’ruza qildi.
Marosim tantanali ruhda o'tib, shundan so'ng ishtirokchilar dastur bo'yicha amaliy mashg'ulot jarayoniga taklif etildi.
“Spring School 2026” loyihasining ochilish marosimi barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar ulashdi!