Tadbir avvalida loyiha davomida amalga oshirilgan eng qiziqarli va esda qolarli jarayonlardan tayyorlangan videorolik ishtirokchilarga namoyish etildi. Mazkur lavhalar bir hafta davom etgan ijodiy, madaniy va amaliy jarayonlarni yana bir bor jonlantirib, barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Marosimda institut rektori Omonulla Salixov so‘zga chiqib, loyiha ishtirokchilarini muvaffaqiyatli yakun bilan samimiy tabrikladi hamda "Ushbu bahorgi maktab davomida turli davlatlardan tashrif buyurgan yosh ijodkorlar nafaqat tasviriy san’at sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini boyitdilar, balki milliy madaniyatimiz, an’analarimiz va mehmondo‘stligimiz bilan ham yaqindan tanishdilar", -deya takidladi.

Tadbir davomida Turkiyadan tashrif buyurgan Murat Konuk hamda Xitoydan kelgan Lyu Xinyao so‘zga chiqib, loyiha davomida yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan mashg‘ulotlar va madaniy dasturlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Ular O‘zbekiston va institut jamoasiga yuksak mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, loyiha barcha ishtirokchilar uchun unutilmas tajriba bo‘lganini ta’kidladilar.

Marosim yakunida institut rahbariyati tomonidan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘ngida esa umumiy esdalik uchun foto suratga tushish jarayoni amalga oshirilib, “Spring School 2026” loyihasi iliq va unutilmas lahzalar bilan yakunlandi.

 

 

 

 

 

 

5431575999880565943_121.jpg

5431575999880565944_121.jpg

5431575999880565945_121.jpg

5431575999880565946_121.jpg

5431575999880565948_121.jpg

5431575999880565950_121.jpg

5431575999880565952_121.jpg