Institumizning "San’atshunoslik va amaliy san’at" fakultetida talabalar o‘rtasida "Intellektual olimpiada" doirasida "Zakovat" intelektual o'yinlarining saralash bosqichi tashkil etildi.
Murosasiz va bilimlar bellashuvi tarzida o‘tgan ushbu turnirda fakultetning eng iqtidorli talabalaridan tashkil topgan 12 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Mantiqiy savollar, san’at va umumiy bilimlarga oid qiziqarli topshiriqlar jamoalardan nafaqat chuqur bilim, balki bir jamoa bo‘lib harakat qilishni ham talab etdi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, eng bilimdon jamoalar saralandi:
- 1-o‘rin: "Zukkolar" jamoasi
- 2-o‘rin: "Smart Generation" jamoasi
- 3-o‘rin: "Zargarlar" jamoasi
Muvaffaqiyatli ishtirok etgan "Zukkolar" hamda "Smart Generation" jamoalari ushbu g‘alaba evaziga "Intellektual olimpiada"ning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Institutimizda fakultet bosqichlari davom etadi!