Bugun institutimizda katta bayram tantanalari bo'lib o'tdi. Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027 - o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Talabalikka bag'ishlov" tadbiri o'tkazildi.
✅ Tantanali marosimda O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O'zbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov hamda institutimiz rektori Omonulla Salixov so'zga chiqib, institut xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalarga yangi o'quv yili munosabati bilan o'zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
🎁 Tadbir davomida iqtidorli, tashabbuskor talabalar hamda joriy yilgi "Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi" g'oliblari ham e'tirof etilib, esdalik sovg'alalari bilan taqdirlandi.
🗝 Shuningdek 1-bosqichga qadam qo'ygan talabalarga o'tgan o'quv yilida institutni tamomlagan bitiruvchilar tomonidan o'quv yilini boshlash uchun oliygohning ramziy kaliti hamda qalam tantanali ravishda topshirildi.