✅ Bugun institutimizga Malayziyaning nufuzli Sulton Idris Taʼlim universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif avvalida mehmonlar institut galereyasida bo‘lib, u yerda namoyishga qo‘yilgan ijodiy ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar galereya ekspozitsiyasidagi ijodiy ishlarning badiiy saviyasi, milliy koloriti hamda yuksak maxorat bilan yaratilganiga yuqori baho berishdi.

💬 Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Tasviriy san’at fakultetining o‘quv hamda ijodiy jarayonlarni bevosita kuzatdilar. Xususan, mehmonlar haykaltaroshlik, miniatyura va teatr bezagi yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarning amaliy mashg‘ulot xonalarida bo‘lib, yaratilayotgan asarlar hamda o‘qitish metodikasi bilan tanishdilar.

💬 Shuningdek, tashrif doirasida Sulton Idris Taʼlim universiteti San’at va dizayn kafedrasi mudiri, Dr. Jamilah Omar hamda Ijodiy multimedia kafedrasi katta oʻqituvchisi Dr. Nur Syuhada Mat Sin tomonidan institutimiz talabalari uchun maʼruza va amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

✅ Mashgʻulot davomida talabalar zamonaviy kengaytirilgan reallik (AR) imkoniyatlarini ijodiy jarayonlar bilan uygʻunlashtirish, interaktiv loyihalar tuzish va kitob tayyorlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻldilar.

5267222049732633450_121.jpg

5267222049732633451_121.jpg

5267222049732633456_121.jpg

5267222049732633452_121.jpg

5267222049732633455_121.jpg