Ko'rgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi  hamda institutimiz rahbariyati, xodimlar, professor-o'qituvchilar, talabalar, shuningdek, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta'lim muassasalari  o'quvchi yoshlari hamda boshqa mehmonlar ishtirok etib, tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov kirish so‘zi bilan ochib berdi va rassomning ijodiy faoliyati, uning tasviriy san’at rivojiga qo‘shayotgan hissasi hamda yosh ijodkorlarni tarbiyalashdagi xizmatlarini e'tirof etdi.

Shuningdek, ochilish marosimida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinov so‘zga chiqib, Umar Rajabov ijodida milliy an’analar va zamonaviy badiiy qarashlar uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘lishini qayd etdi hamda ko‘rgazmada namoyish etilgan asarlarning badiiy saviyasiga yuqori baho berdi. Shu bilan birga tadbirda institutimiz professor-o'qituvchilari ham so'zga chiqib, Umar Rajabovning ijodiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Ko‘rgazmada rassomning turli yillarda yaratilgan rangtasvir asarlari namoyish etilib, ular san’at ixlosmandlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.

Mazkur ko‘rgazma milliy tasviriy san’atni keng targ‘ib qilish, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda san’at va ma’naviyat uyg‘unligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

5204128327319360466_121.jpg

5204128327319360469_121.jpg

5204128327319360471_121.jpg

5204128327319360472_121.jpg

5204425856883824191_121.jpg

5204128327319360586_121.jpg

5204128327319360583_121.jpg